وَحَدَّثَنَا أَبُو كُرَيْبٍ، مُحَمَّدُ بْنُ الْعَلاَءِ وَمُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ نُمَيْرٍ قَالاَ حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ شَقِيقٍ، قَالَ سَمِعْتُ سَهْلَ بْنَ حُنَيْفٍ، يَقُولُ بِصِفِّينَ أَيُّهَا النَّاسُ اتَّهِمُوا رَأْيَكُمْ وَاللَّهِ لَقَدْ رَأَيْتُنِي يَوْمَ أَبِي جَنْدَلٍ وَلَوْ أَنِّي أَسْتَطِيعُ أَنْ أَرُدَّ أَمْرَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لَرَدَدْتُهُ وَاللَّهِ مَا وَضَعْنَا سُيُوفَنَا عَلَى عَوَاتِقِنَا إِلَى أَمْرٍ قَطُّ إِلاَّ أَسْهَلْنَ بِنَا إِلَى أَمْرٍ نَعْرِفُهُ إِلاَّ أَمْرَكُمْ هَذَا . لَمْ يَذْكُرِ ابْنُ نُمَيْرٍ إِلَى أَمْرٍ قَطُّ .
Sahl ibn Hunayf (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Siffinda Sahl ibn Hunayfning shunday deganini eshitdim: «Ey odamlar! Oʻz raʼyingizni ayblang. Allohga qasamki, Abu Jandal kuni (yaʼni Hudaybiya kuni) oʻzimni shunday holatda koʻrdimki, agar men Rasululloh ﷺ ning amrini qaytarishga qodir boʻlganimda, albatta uni qaytargan boʻlardim. Allohga qasamki, qachon biz qilichlarimizni yelkalarimizga qoʻyib (jangga otlangan) boʻlsak, ular bizni biz biladigan (oson) ishga olib borgan, ushbu ishingizdan boshqasi (bunday boʻlmagan)». Ibn Numayr «qachon ... boʻlsa» (degan iborani) zikr qilmadi.