وَحَدَّثَنَا نَصْرُ بْنُ عَلِيٍّ الْجَهْضَمِيُّ، حَدَّثَنَا خَالِدُ بْنُ الْحَارِثِ، حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ أَبِي، عَرُوبَةَ عَنْ قَتَادَةَ، أَنَّ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ، حَدَّثَهُمْ قَالَ لَمَّا نَزَلَتْ { إِنَّا فَتَحْنَا لَكَ فَتْحًا مُبِينًا * لِيَغْفِرَ لَكَ اللَّهُ} إِلَى قَوْلِهِ { فَوْزًا عَظِيمًا} مَرْجِعَهُ مِنَ الْحُدَيْبِيَةِ وَهُمْ يُخَالِطُهُمُ الْحُزْنُ وَالْكَآبَةُ وَقَدْ نَحَرَ الْهَدْىَ بِالْحُدَيْبِيَةِ فَقَالَ " لَقَدْ أُنْزِلَتْ عَلَىَّ آيَةٌ هِيَ أَحَبُّ إِلَىَّ مِنَ الدُّنْيَا جَمِيعًا " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U zot Hudaybiyadan qaytayotganlarida, ularga (sahobalarga) gʻam va qaygʻu aralashgan holatda, u zot Hudaybiyada qurbonlikni soʻyib boʻlgan paytlarida, {Albatta, Biz senga ochiq-oydin fathni (gʻalabani) berdik. (Bu) Alloh sening (ummating uchun qilingan saʼy-harakatlaringda yoʻl qoʻyilgan) avvalgi va keyingi gunohlaringni magʻfirat qilishi ... } degan oyatdan to {... ulkan zafarni (mukofotlaydi)} degan (oyatigacha boʻlgan oyatlar) nozil boʻldi (Fath surasi 1-5). Shunda u zot: «Menga shunday bir oyat nozil qilindiki, u menga butun dunyodan ham sevimliroqdir», dedilar.