وَحَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عَدِيٍّ، عَنْ دَاوُدَ، عَنْ أَبِي نَضْرَةَ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ، قَالَ قَالَ رَجُلٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّا بِأَرْضٍ مَضَبَّةٍ فَمَا تَأْمُرُنَا أَوْ فَمَا تُفْتِينَا قَالَ " ذُكِرَ لِي أَنَّ أُمَّةً مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ مُسِخَتْ " . فَلَمْ يَأْمُرْ وَلَمْ يَنْهَ . قَالَ أَبُو سَعِيدٍ فَلَمَّا كَانَ بَعْدَ ذَلِكَ قَالَ عُمَرُ إِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ لَيَنْفَعُ بِهِ غَيْرَ وَاحِدٍ وَإِنَّهُ لَطَعَامُ عَامَّةِ هَذِهِ الرِّعَاءِ وَلَوْ كَانَ عِنْدِي لَطَعِمْتُهُ إِنَّمَا عَافَهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi: «Yo Rasululloh, biz kaltakesak koʻp boʻladigan yurtdamiz, bizga nimani buyurasiz yoki bizga qanday fatvo berasiz?» — dedi. U zot: «Menga aytilishicha, Bani Isroildan bir ummat (shakli) oʻzgartirilgan ekan», — dedilar va (yeyishni) buyurmadilar ham, qaytarmadilar ham. Abu Said dedi: Shundan keyin Umar: «Aziz va jalil Alloh u bilan koʻp kishilarga manfaat beradi, u shu choʻponlarning koʻpchiligining taomidir. Agar mening oldimda boʻlganida, men ham uni yegan boʻlardim. Rasululloh ﷺ undan faqat jirkanganlar, xolos», — dedi.