وَحَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، أَخْبَرَنَا خَالِدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، عَنْ مُطَرِّفٍ، عَنْ عَامِرٍ، عَنِ الْبَرَاءِ، قَالَ ضَحَّى خَالِي أَبُو بُرْدَةَ قَبْلَ الصَّلاَةِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " تِلْكَ شَاةُ لَحْمٍ " . فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ عِنْدِي جَذَعَةً مِنَ الْمَعْزِ فَقَالَ " ضَحِّ بِهَا وَلاَ تَصْلُحُ لِغَيْرِكَ " . ثُمَّ قَالَ " مَنْ ضَحَّى قَبْلَ الصَّلاَةِ فَإِنَّمَا ذَبَحَ لِنَفْسِهِ وَمَنْ ذَبَحَ بَعْدَ الصَّلاَةِ فَقَدْ تَمَّ نُسُكُهُ وَأَصَابَ سُنَّةَ الْمُسْلِمِينَ " .
Baro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Togʻam Abu Burda namozdan oldin qurbonlik soʻydi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Bu (faqat) goʻsht qoʻyidir», — dedilar. U: «Yo Rasululloh! Mening huzurimda echkidan bir yoshga toʻlmagan (juzʼ) bor», — dedi. U zot: «Uni qurbonlik qil, ammo u sendan boshqaga durust boʻlmaydi», — dedilar. Soʻng: «Kimki namozdan oldin soʻysa, u faqat oʻzi uchun soʻygan boʻladi. Kimki namozdan keyin soʻysa, uning qurbonligi toʻla boʻlibdi va u musulmonlarning sunnatiga muvofiq qilibdi», — dedilar.