حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ رَافِعٍ، حَدَّثَنَا أَبُو النَّضْرِ، حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ لَقَدْ رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَالْحَلاَّقُ يَحْلِقُهُ وَأَطَافَ بِهِ أَصْحَابُهُ فَمَا يُرِيدُونَ أَنْ تَقَعَ شَعْرَةٌ إِلاَّ فِي يَدِ رَجُلٍ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ni sartarosh sochlarini olayotgan holatda koʻrdim. Sahobalari u zotning atroflarini oʻrab olgan edilar. Ular biron tola soch faqat (oʻzlaridan) bir kishining qoʻliga tushishini istardilar.