حَدَّثَنَا أَبُو كُرَيْبٍ، مُحَمَّدُ بْنُ الْعَلاَءِ حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ آدَمَ، حَدَّثَنَا قُطْبَةُ، هُوَ ابْنُ عَبْدِ الْعَزِيزِ عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ مَالِكِ بْنِ الْحَارِثِ، عَنْ أَبِي الأَحْوَصِ، قَالَ كُنَّا فِي دَارِ أَبِي مُوسَى مَعَ نَفَرٍ مِنْ أَصْحَابِ عَبْدِ اللَّهِ وَهُمْ يَنْظُرُونَ فِي مُصْحَفٍ فَقَامَ عَبْدُ اللَّهِ فَقَالَ أَبُو مَسْعُودٍ مَا أَعْلَمُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم تَرَكَ بَعْدَهُ أَعْلَمَ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنْ هَذَا الْقَائِمِ . فَقَالَ أَبُو مُوسَى أَمَا لَئِنْ قُلْتَ ذَاكَ لَقَدْ كَانَ يَشْهَدُ إِذَا غِبْنَا وَيُؤْذَنُ لَهُ إِذَا حُجِبْنَا .
Abu Ahvas (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Biz Abu Musoning uyida Abdullohning ashoblaridan bir necha kishi bilan birga edik. Ular bir mushafga (Qurʼon nusxasiga) qarab oʻtirishgan edi. Abdulloh oʻrnidan turdi. Shunda Abu Masʼud: «Rasululloh ﷺ oʻzlaridan keyin Alloh nozil qilgan narsani (Qurʼonni) shu turgan kishidan koʻra koʻproq biladigan birovni qoldirib ketganlarini bilmayman», dedi. Abu Muso esa: «Agar shuni desang, (toʻgʻri): biz gʻoyib boʻlganimizda, u (Rasululloh ﷺ ning huzurlarida) hozir boʻlar; biz toʻsib qoʻyilganimizda, unga (kirishga) ruxsat berilar edi», dedi.