وَحَدَّثَنِي زُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا هَاشِمُ بْنُ الْقَاسِمِ، حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ دَخَلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عَلَيْنَا وَمَا هُوَ إِلاَّ أَنَا وَأُمِّي وَأُمُّ حَرَامٍ خَالَتِي فَقَالَتْ أُمِّي يَا رَسُولَ اللَّهِ خُوَيْدِمُكَ ادْعُ اللَّهَ لَهُ - قَالَ - فَدَعَا لِي بِكُلِّ خَيْرٍ وَكَانَ فِي آخِرِ مَا دَعَا لِي بِهِ أَنْ قَالَ " اللَّهُمَّ أَكْثِرْ مَالَهُ وَوَلَدَهُ وَبَارِكْ لَهُ فِيهِ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U dedi: Nabiy ﷺ huzurimizga kirdilar, (uyda) faqat men, onam va xolam Ummu Harom bor edik. Onam: «Yo Rasululloh, kichik xizmatkoringiz (Anas) — uning haqiga Allohga duo qiling», — dedi. (Anas) dedi: Shunda u zot men uchun har xil yaxshilikni (soʻrab) duo qildilar. Men uchun qilgan duolarining oxirgisida: «Yo Alloh, uning molini va farzandini koʻpaytirgin va unga (bularda) barakot bergin», — dedilar.