حَدَّثَنِي أَبُو مَعْنٍ الرَّقَاشِيُّ، حَدَّثَنَا عُمَرُ بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا عِكْرِمَةُ، حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ، حَدَّثَنَا أَنَسٌ، قَالَ جَاءَتْ بِي أُمِّي أُمُّ أَنَسٍ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَقَدْ أَزَّرَتْنِي بِنِصْفِ خِمَارِهَا وَرَدَّتْنِي بِنِصْفِهِ فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ هَذَا أُنَيْسٌ ابْنِي أَتَيْتُكَ بِهِ يَخْدُمُكَ فَادْعُ اللَّهَ لَهُ . فَقَالَ " اللَّهُمَّ أَكْثِرْ مَالَهُ وَوَلَدَهُ " . قَالَ أَنَسٌ فَوَاللَّهِ إِنَّ مَالِي لَكَثِيرٌ وَإِنَّ وَلَدِي وَوَلَدَ وَلَدِي لَيَتَعَادُّونَ عَلَى نَحْوِ الْمِائَةِ الْيَوْمَ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Onam Ummu Anas meni Rasululloh ﷺ huzurlariga olib keldi. U menga roʻmolining yarmidan izor (belbogʻ) qilib bogʻlagan, yarmi bilan ustimni yopgan edi. U: «Yo Rasululloh, bu mening oʻgʻlim Unays. Sizga xizmat qilsin deb uni olib keldim. Uning haqiga Allohga duo qiling», — dedi. Shunda u zot: «Yo Alloh, uning molini va farzandini koʻpaytirgin», — dedilar. Anas dedi: Allohga qasamki, mening molim juda koʻp, farzandlarim va nabiralarim bugun yuztaga yaqin sanaladi.