حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، أَخْبَرَنَا جَعْفَرُ بْنُ سُلَيْمَانَ، عَنْ أَبِي عِمْرَانَ الْجَوْنِيِّ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الصَّامِتِ، عَنْ أَبِي ذَرٍّ، قَالَ قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " يَا أَبَا ذَرٍّ إِنَّهُ سَيَكُونُ بَعْدِي أُمَرَاءُ يُمِيتُونَ الصَّلاَةَ فَصَلِّ الصَّلاَةَ لِوَقْتِهَا فَإِنْ صَلَّيْتَ لِوَقْتِهَا كَانَتْ لَكَ نَافِلَةً وَإِلاَّ كُنْتَ قَدْ أَحْرَزْتَ صَلاَتَكَ " .
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ menga shunday dedilar: «Ey Abu Zar! Mendan keyin namozni (vaqtidan chiqarib) oʻldiradigan amirlar boʻladi. Bas, sen namozni oʻz vaqtida oʻqi. Agar uni oʻz vaqtida oʻqigan boʻlsang, u (ular bilan oʻqiganing) sen uchun nofila boʻladi; aks holda namozingni saqlab qolgan boʻlasan».