حَدَّثَنَا أَبُو كُرَيْبٍ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، أَخْبَرَنَا هِشَامٌ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، فِي قَوْلِهِ { ويَسْتَفْتُونَكَ فِي النِّسَاءِ قُلِ اللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِيهِنَّ} الآيَةَ قَالَتْ هِيَ الْيَتِيمَةُ الَّتِي تَكُونُ عِنْدَ الرَّجُلِ لَعَلَّهَا أَنْ تَكُونَ قَدْ شَرِكَتْهُ فِي مَالِهِ حَتَّى فِي الْعَذْقِ فَيَرْغَبُ يَعْنِي أَنْ يَنْكِحَهَا وَيَكْرَهُ أَنْ يُنْكِحَهَا رَجُلاً فَيَشْرَكُهُ فِي مَالِهِ فَيَعْضِلُهَا .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Allohning {(Ey Muhammad,) sendan ayollar haqida fatvo soʻraydilar. Ayt: Alloh sizlarga ular haqida fatvo beradi} degan soʻzi — to oyat oxirigacha — haqida (Oisha): «U bir kishining qoʻlidagi yetim qiz haqidadir. Boʻlishi mumkinki, u (qiz) uning molida, hatto xurmo daraxtigacha sherik boʻlgandir. Shunda u (kishi) uning oʻziga uylanishni istaydi-yu, molida sherik boʻlib qolishidan (qoʻrqib) uni boshqa kishiga uzatishni yoqtirmaydi va shu tariqa uni (nikohdan) toʻsib qoʻyadi», dedi.