حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَبْدَةُ بْنُ سُلَيْمَانَ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، فِي قَوْلِهِ { وَمَا يُتْلَى عَلَيْكُمْ فِي الْكِتَابِ فِي يَتَامَى النِّسَاءِ اللاَّتِي لاَ تُؤْتُونَهُنَّ مَا كُتِبَ لَهُنَّ وَتَرْغَبُونَ أَنْ تَنْكِحُوهُنَّ} قَالَتْ أُنْزِلَتْ فِي الْيَتِيمَةِ تَكُونُ عِنْدَ الرَّجُلِ فَتَشْرَكُهُ فِي مَالِهِ فَيَرْغَبُ عَنْهَا أَنْ يَتَزَوَّجَهَا وَيَكْرَهُ أَنْ يُزَوِّجَهَا غَيْرَهُ فَيَشْرَكُهُ فِي مَالِهِ فَيَعْضِلُهَا فَلاَ يَتَزَوَّجُهَا وَلاَ يُزَوِّجُهَا غَيْرَهُ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Allohning {Kitobda sizlarga oʻqib eshittiriladigan, oʻzlariga belgilab qoʻyilgan (haq)ni bermayotgan va nikohlashni istayotganingiz yetim ayollar haqidagi (oyatlar)} degan soʻzi haqida (Oisha): «U bir kishining qoʻlidagi, uning molida sherik boʻlgan yetim qiz haqida nozil boʻlgan. U (kishi) qizning oʻziga uylanishni istamasdi va molida sherik boʻlib qolishidan (qoʻrqib) uni boshqaga uzatishni ham yoqtirmasdi. Shunday qilib, uni (nikohdan) toʻsib qoʻyardi — na oʻzi unga uylanardi, na boshqaga uzatardi», dedi.