حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، وَأَبُو كُرَيْبٍ جَمِيعًا عَنْ أَبِي مُعَاوِيَةَ، - وَاللَّفْظُ لأَبِي كُرَيْبٍ - حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ أَبِي سُفْيَانَ، عَنْ جَابِرٍ، قَالَ كَانَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ أُبَىٍّ ابْنُ سَلُولَ يَقُولُ لِجَارِيَةٍ لَهُ اذْهَبِي فَابْغِينَا شَيْئًا فَأَنْزَلَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ { وَلاَ تُكْرِهُوا فَتَيَاتِكُمْ عَلَى الْبِغَاءِ إِنْ أَرَدْنَ تَحَصُّنًا لِتَبْتَغُوا عَرَضَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَمَنْ يُكْرِهْهُنَّ فَإِنَّ اللَّهَ مِنْ بَعْدِ إِكْرَاهِهِنَّ} لَهُنَّ { غَفُورٌ رَحِيمٌ}
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Abdulloh ibn Ubay ibn Salul oʻzining bir choʻrisiga: ‹Borib-da, bizga (zino qilib) bir narsa topib kel›, — der edi. Shunda Alloh azza va jalla bu oyatni nozil qildi: {Agar choʻrilaringiz iffatli boʻlishni istasalar, dunyo hayotining oʻtkinchi matosini istab, ularni zinokorlikka majburlamang. Kim ularni (zinoga) majburlasa, bas, albatta Alloh ularning majburlanganlaridan soʻng (ular uchun) Magʻfiratli, Rahmlidir}». (Nur 33).