حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ إِدْرِيسَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ أَبِي مَعْمَرٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، فِي قَوْلِهِ عَزَّ وَجَلَّ { أُولَئِكَ الَّذِينَ يَدْعُونَ يَبْتَغُونَ إِلَى رَبِّهِمُ الْوَسِيلَةَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ} قَالَ كَانَ نَفَرٌ مِنَ الْجِنِّ أَسْلَمُوا وَكَانُوا يُعْبَدُونَ فَبَقِيَ الَّذِينَ كَانُوا يَعْبُدُونَ عَلَى عِبَادَتِهِمْ وَقَدْ أَسْلَمَ النَّفَرُ مِنَ الْجِنِّ .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Alloh azza va jallaning: {Ana oʻshalar (mushriklar) duo qilib chaqirayotgan zotlarning oʻzlari ham qaysilari Rabbisiga yaqinroq boʻlish uchun Unga vasila (yaqinlik) izlamoqdalar} (Isro 57) degan soʻzi haqida dedi: «Jinlardan bir guruh musulmon boʻlgan edi, holbuki ularga ibodat qilinardi. Bas, ularga ibodat qilib turganlar oʻz ibodatlarida (davom etib) qoldilar, vaholanki jinlardan boʻlgan oʻsha guruh musulmon boʻlib boʻlgan edi».