وَحَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا لَيْثٌ، عَنْ عُقَيْلٍ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عَلِيِّ بْنِ حُسَيْنٍ، أَنَّ الْحُسَيْنَ بْنَ عَلِيٍّ، حَدَّثَهُ عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم طَرَقَهُ وَفَاطِمَةَ فَقَالَ " أَلاَ تُصَلُّونَ " . فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّمَا أَنْفُسُنَا بِيَدِ اللَّهِ فَإِذَا شَاءَ أَنْ يَبْعَثَنَا بَعَثَنَا . فَانْصَرَفَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حِينَ قُلْتُ لَهُ ذَلِكَ ثُمَّ سَمِعْتُهُ وَهُوَ مُدْبِرٌ يَضْرِبُ فَخِذَهُ وَيَقُولُ " وَكَانَ الإِنْسَانُ أَكْثَرَ شَىْءٍ جَدَلاً " .
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ kechasi u (Ali) va Fotimaning oldiga kelib: «Namoz oʻqimaysizlarmi?» — dedilar. Men: «Yo Rasululloh! Jonlarimiz Allohning qoʻlidadir; bizni uygʻotishni xohlasa, uygʻotadi», dedim. Men u zotga shuni aytganimda Rasululloh ﷺ qaytib ketdilar. Soʻng u zot ortga burilgan holda sonlariga urib: «Inson har narsadan koʻra bahsga moyilroqdir», deyayotganlarini eshitdim.