حَدَّثَنَا عَمْرٌو النَّاقِدُ، وَزُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، قَالَ عَمْرٌو حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، يَبْلُغُ بِهِ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم " يَعْقِدُ الشَّيْطَانُ عَلَى قَافِيَةِ رَأْسِ أَحَدِكُمْ ثَلاَثَ عُقَدٍ إِذَا نَامَ بِكُلِّ عُقْدَةٍ يَضْرِبُ عَلَيْكَ لَيْلاً طَوِيلاً فَإِذَا اسْتَيْقَظَ فَذَكَرَ اللَّهَ انْحَلَّتْ عُقْدَةٌ وَإِذَا تَوَضَّأَ انْحَلَّتْ عُقْدَتَانِ فَإِذَا صَلَّى انْحَلَّتِ الْعُقَدُ فَأَصْبَحَ نَشِيطًا طَيِّبَ النَّفْسِ وَإِلاَّ أَصْبَحَ خَبِيثَ النَّفْسِ كَسْلاَنَ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: u buni Nabiy ﷺ ga yetkazib (aytadi): «Biringiz uxlasa, shayton boshining ketingi qismiga uchta tugun bogʻlaydi, har bir tugunga: ‹Oldingda uzun kecha bor, uxlayver!› deb urib (mahkamlaydi). Bas, u uygʻonib, Allohni zikr qilsa, bir tugun yechiladi; tahorat qilsa, ikki tugun yechiladi; namoz oʻqisa, (barcha) tugunlar yechiladi va u tetik, koʻngli xush holda tongni qarshilaydi. Aks holda koʻngli xira, dangasa holda tongni qarshilaydi».