وَحَدَّثَنِي حَسَنُ بْنُ عَلِيٍّ الْحُلْوَانِيُّ، قَالَ حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، أَخْبَرَنَا هَمَّامٌ، قَالَ دَخَلَ أَبُو دَاوُدَ الأَعْمَى عَلَى قَتَادَةَ فَلَمَّا قَامَ قَالُوا إِنَّ هَذَا يَزْعُمُ أَنَّهُ لَقِيَ ثَمَانِيَةَ عَشَرَ بَدْرِيًّا . فَقَالَ قَتَادَةُ هَذَا كَانَ سَائِلاً قَبْلَ الْجَارِفِ لاَ يَعْرِضُ فِي شَىْءٍ مِنْ هَذَا وَلاَ يَتَكَلَّمُ فِيهِ . فَوَاللَّهِ مَا حَدَّثَنَا الْحَسَنُ عَنْ بَدْرِيٍّ مُشَافَهَةً . وَلاَ حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ الْمُسَيَّبِ عَنْ بَدْرِيٍّ مُشَافَهَةً إِلاَّ عَنْ سَعْدِ بْنِ مَالِكٍ .
Hammom ibn Yahyo (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Abu Dovud al-Aʼmo Qatoda huzuriga kirdi. U (chiqib) ketgach, (odamlar): ‹Bu (kishi) oʻzini Badr (jangi)da qatnashgan oʻn sakkiz (sahobiy) bilan uchrashgan deb daʼvo qiladi›, deyishdi. Qatoda: ‹Bu (kishi) vabodan oldin arzimas bir gado edi; bu (hadis talabi) ishlarning hech biriga aralashmas va u haqida gapirmas edi ham. Allohga qasamki, al-Hasan bizga biror badrlik (sahobiy)dan bevosita (oraliq roviysiz) hadis aytmadi; Said ibn al-Musayyab ham bizga Saʼd ibn Molikdan boshqa biror badrlik (sahobiy)dan bevosita hadis aytmadi›, dedi».