أَخْبَرَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ أَنْبَأَنَا جَرِيرٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ فَقَدْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ذَاتَ لَيْلَةٍ فَوَجَدْتُهُ وَهُوَ سَاجِدٌ وَصُدُورُ قَدَمَيْهِ نَحْوَ الْقِبْلَةِ فَسَمِعْتُهُ يَقُولُ " أَعُوذُ بِرِضَاكَ مِنْ سَخَطِكَ وَأَعُوذُ بِمُعَافَاتِكَ مِنْ عُقُوبَتِكَ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْكَ لاَ أُحْصِي ثَنَاءً عَلَيْكَ أَنْتَ كَمَا أَثْنَيْتَ عَلَى نَفْسِكَ " .
Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Bir kechasi Rasululloh ﷺni topolmay qoldim, soʻng ularni sajda holatida, oyoqlari uchi qiblaga qaragan holda topdim. Shunda ularning: ‹Gʻazabingdan roziliging bilan panoh soʻrayman, jazoingdan afvu marhamating bilan panoh soʻrayman, Sendan Senga panoh soʻrayman. Men Senga soʻzlagan hamdu sanolarni sanab tugatolmayman. Sen Oʻzingni maqtaganingdek maqtovlisan›, deb aytayotganlarini eshitdim».