أَخْبَرَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْحَسَنِ الْمِصِّيصِيُّ الْمِقْسَمِيُّ، قَالَ حَدَّثَنَا حَجَّاجٌ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، عَنْ عَطَاءٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي ابْنُ أَبِي مُلَيْكَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ فَقَدْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ذَاتَ لَيْلَةٍ فَظَنَنْتُ أَنَّهُ ذَهَبَ إِلَى بَعْضِ نِسَائِهِ فَتَحَسَّسْتُهُ فَإِذَا هُوَ رَاكِعٌ أَوْ سَاجِدٌ يَقُولُ " سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ " . فَقُلْتُ بِأَبِي أَنْتَ وَأُمِّي إِنِّي لَفِي شَأْنٍ وَإِنَّكَ لَفِي آخَرَ .
Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Bir kechasi Rasululloh ﷺni topolmay qoldim va ular ayollaridan birinikiga ketgan boʻlsalar kerak, deb oʻyladim. Ularni izlab paypaslasam, ular rukuda yoki sajdada: ‹Allohim, Seni poklab, Senga hamd aytaman, Sendan boshqa iloh yoʻq›, deb turgan ekanlar. Shunda men: ‹Otam-onam Sizga fido boʻlsin, men bir narsani oʻylabman, Siz esa butunlay boshqa ishda ekansiz›, dedim».