أَخْبَرَنَا يَعْقُوبُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو تُمَيْلَةَ، عَنِ الْحُسَيْنِ بْنِ وَاقِدٍ، عَنِ ابْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ بَيْنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَلَى الْمِنْبَرِ يَخْطُبُ إِذْ أَقْبَلَ الْحَسَنُ وَالْحُسَيْنُ عَلَيْهِمَا السَّلاَمُ عَلَيْهِمَا قَمِيصَانِ أَحْمَرَانِ يَمْشِيَانِ وَيَعْثُرَانِ فَنَزَلَ وَحَمَلَهُمَا فَقَالَ " صَدَقَ اللَّهُ { إِنَّمَا أَمْوَالُكُمْ وَأَوْلاَدُكُمْ فِتْنَةٌ } رَأَيْتُ هَذَيْنِ يَمْشِيَانِ وَيَعْثُرَانِ فِي قَمِيصَيْهِمَا فَلَمْ أَصْبِرْ حَتَّى نَزَلْتُ فَحَمَلْتُهُمَا " .
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ minbarda xutba qilib turganlarida, ustlarida qizil koʻylak boʻlgan Hasan bilan Husayn yurib, qoqinib kela boshladilar. Shunda u zot minbardan tushib, ikkovini koʻtardilar va: «Alloh rost aytdi: {Sizlarning mol-mulklaringiz va farzandlaringiz faqat bir sinovdir}. Men bu ikkovining koʻylaklarida yurib, qoqinib kelayotganini koʻrib, sabr qila olmadim, hatto tushib, ikkovini koʻtardim», dedilar.