أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ عَابِسٍ، قَالَ سَمِعْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ، قَالَ لَهُ رَجُلٌ شَهِدْتَ الْخُرُوجَ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ نَعَمْ وَلَوْلاَ مَكَانِي مِنْهُ مَا شَهِدْتُهُ يَعْنِي مِنْ صِغَرِهِ أَتَى الْعَلَمَ الَّذِي عِنْدَ دَارِ كَثِيرِ بْنِ الصَّلْتِ فَصَلَّى ثُمَّ خَطَبَ ثُمَّ أَتَى النِّسَاءَ فَوَعَظَهُنَّ وَذَكَّرَهُنَّ وَأَمَرَهُنَّ أَنْ يَتَصَدَّقْنَ فَجَعَلَتِ الْمَرْأَةُ تُهْوِي بِيَدِهَا إِلَى حَلَقِهَا تُلْقِي فِي ثَوْبِ بِلاَلٍ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi unga: «Rasululloh ﷺ bilan birga hayit namoziga chiqishda hozir boʻlganmiding?» dedi. U: «Ha, agar unga yaqinligim boʻlmaganida yoshligim tufayli hozir boʻlmasdim», dedi. U zot Kasir ibn as-Salt uyining yonidagi belgi oldiga kelib namoz oʻqidilar, soʻng xutba qildilar, soʻng ayollar oldiga kelib, ularga vaʼz aytdilar, eslatma berdilar va sadaqa qilishga buyurdilar. Shunda ayol qoʻlini boʻyniga eltib, taqinchogʻini yechib, Bilolning kiyimiga tashlay boshladi.