أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، عَنْ مَالِكِ بْنِ أَنَسٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي بَكْرٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَمْرَةَ، أَنَّهَا أَخْبَرَتْهُ أَنَّهَا، سَمِعَتْ عَائِشَةَ، وَذُكِرَ، لَهَا أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، يَقُولُ إِنَّ الْمَيِّتَ لَيُعَذَّبُ بِبُكَاءِ الْحَىِّ عَلَيْهِ . قَالَتْ عَائِشَةُ يَغْفِرُ اللَّهُ لأَبِي عَبْدِ الرَّحْمَنِ أَمَا إِنَّهُ لَمْ يَكْذِبْ وَلَكِنْ نَسِيَ أَوْ أَخْطَأَ إِنَّمَا مَرَّ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَلَى يَهُودِيَّةٍ يُبْكَى عَلَيْهَا فَقَالَ " إِنَّهُمْ لَيَبْكُونَ عَلَيْهَا وَإِنَّهَا لَتُعَذَّبُ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Unga Abdulloh ibn Umar: «Marhum, tiriklar uning uchun yigʻlagani sababli azoblanadi», deganligi zikr qilinganida, Oisha: «Alloh Abu Abdurrahmonni magʻfirat qilsin. Darhaqiqat, u yolgʻon aytgani yoʻq, lekin u unutgan yoki xato qilgan. Rasululloh ﷺ ustida yigʻlanayotgan bir yahudiy ayolining yonidan oʻtdilar-da: ‹Ular uning ustida yigʻlamoqdalar, holbuki u azoblanmoqda›, dedilar», dedi.