أَخْبَرَنَا هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، فِي حَدِيثِهِ عَنْ أَبِي مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ مُجَاهِدٍ، عَنْ طَاوُسٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ مَرَّ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِقَبْرَيْنِ فَقَالَ " إِنَّهُمَا لَيُعَذَّبَانِ وَمَا يُعَذَّبَانِ فِي كَبِيرٍ أَمَّا أَحَدُهُمَا فَكَانَ لاَ يَسْتَبْرِئُ مِنْ بَوْلِهِ وَأَمَّا الآخَرُ فَكَانَ يَمْشِي بِالنَّمِيمَةِ " . ثُمَّ أَخَذَ جَرِيدَةً رَطْبَةً فَشَقَّهَا نِصْفَيْنِ ثُمَّ غَرَزَ فِي كُلِّ قَبْرٍ وَاحِدَةً فَقَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ لِمَ صَنَعْتَ هَذَا فَقَالَ " لَعَلَّهُمَا أَنْ يُخَفَّفَ عَنْهُمَا مَا لَمْ يَيْبَسَا " .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ikkita qabr yonidan oʻtib: «Bu ikkisi albatta azoblanmoqda, holbuki katta (ogʻir) narsada azoblanayotgan emas. Ulardan biri siydigidan ehtiyot boʻlmas edi, ikkinchisi esa gʻiybat qilib yurar edi», dedilar. Soʻng hoʻl bir xurmo shoxini olib, uni ikkiga boʻldilar-da, har bir qabrga bittadan sanchib qoʻydilar. Ular: «Yo Rasululloh, nega bunday qildingiz?» deyishdi. U zot: «Bu ikkisi qurimaguncha, balki ulardan azob yengillashar», dedilar.