أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " أَلاَ إِنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا مَاتَ عُرِضَ عَلَيْهِ مَقْعَدُهُ بِالْغَدَاةِ وَالْعَشِيِّ إِنْ كَانَ مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ فَمِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ وَإِنْ كَانَ مِنْ أَهْلِ النَّارِ فَمِنْ أَهْلِ النَّارِ حَتَّى يَبْعَثَهُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ " .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ: «Ogoh boʻlinglar! Sizlardan biringiz vafot etsa, unga ertalab va kechqurun oʻrni koʻrsatiladi. Agar u jannat ahlidan boʻlsa, jannat ahlidan; agar doʻzax ahlidan boʻlsa, doʻzax ahlidan (boʻlgan oʻrni koʻrsatiladi). Toki Alloh azza va jalla uni qiyomat kunida qaytadan tiriltirguncha shunday boʻlaveradi», dedilar.