أَخْبَرَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ أَنْبَأَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، قَالَ حَدَّثَنَا هِشَامٌ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كَانَتْ قُرَيْشٌ تَقِفُ بِالْمُزْدَلِفَةِ وَيُسَمَّوْنَ الْحُمْسَ وَسَائِرُ الْعَرَبِ تَقِفُ بِعَرَفَةَ فَأَمَرَ اللَّهُ تَبَارَكَ وَتَعَالَى نَبِيَّهُ صلى الله عليه وسلم أَنْ يَقِفَ بِعَرَفَةَ ثُمَّ يَدْفَعُ مِنْهَا فَأَنْزَلَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ { ثُمَّ أَفِيضُوا مِنْ حَيْثُ أَفَاضَ النَّاسُ } .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Qurayshliklar Muzdalifada turishardi va ular oʻzlarini Hums deb atashardi, arablarning boshqalari esa Arafotda turishardi. Bas, Alloh taboraka va taolo oʻz Nabiysi ﷺga Arafotda turishni, soʻng u yerdan qaytishni buyurdi. Shunda Alloh azza va jalla: {Soʻngra odamlar qaytadigan joydan siz ham qayting} (Baqara 199), degan oyatni nozil qildi».