أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ وَاصِلٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُرَحْبِيلَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَىُّ الذَّنْبِ أَعْظَمُ قَالَ " أَنْ تَجْعَلَ لِلَّهِ نِدًّا وَهُوَ خَلَقَكَ " . قُلْتُ ثُمَّ مَاذَا قَالَ " أَنْ تَقْتُلَ وَلَدَكَ خَشْيَةَ أَنْ يَطْعَمَ مَعَكَ " . قُلْتُ ثُمَّ مَاذَا قَالَ " أَنْ تُزَانِيَ بِحَلِيلَةِ جَارِكَ " .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men: «Ey Allohning Rasuli, qaysi gunoh eng ulugʻdir?» dedim. U zot: «Seni yaratgan boʻla turib, Allohga tenglashtirib biror narsani sherik qoʻyishingdir», dedilar. Men: «Soʻng yana nima?» dedim. U zot: «Bolang sen bilan birga taom yeyishidan qoʻrqib, uni oʻldirishingdir», dedilar. Men: «Soʻng yana nima?» dedim. U zot: «Qoʻshningning ayoli bilan zino qilishingdir», dedilar.