حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، قَالَ حَدَّثَنِي وَاصِلٌ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَىُّ الذَّنْبِ أَعْظَمُ قَالَ " أَنْ تَجْعَلَ لِلَّهِ نِدًّا وَهُوَ خَلَقَكَ " . قُلْتُ ثُمَّ أَىٌّ قَالَ " أَنْ تَقْتُلَ وَلَدَكَ مِنْ أَجْلِ أَنْ يَطْعَمَ مَعَكَ " . قُلْتُ ثُمَّ أَىٌّ قَالَ " ثُمَّ أَنْ تُزَانِيَ بِحَلِيلَةِ جَارِكَ " .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men: «Ey Allohning Rasuli, qaysi gunoh eng ulugʻdir?» dedim. U zot: «Seni yaratgan boʻla turib, Allohga tenglashtirib biror narsani sherik qoʻyishingdir», dedilar. Men: «Soʻng qaysi biri?» dedim. U zot: «Bolang sen bilan birga taom yeyishi sababli, uni oʻldirishingdir», dedilar. Men: «Soʻng qaysi biri?» dedim. U zot: «Soʻng qoʻshningning ayoli bilan zino qilishingdir», dedilar.