أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ الْمُنْكَدِرِ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ أَعْرَابِيًّا، بَايَعَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَلَى الإِسْلاَمِ فَأَصَابَ الأَعْرَابِيَّ وَعَكٌ بِالْمَدِينَةِ فَجَاءَ الأَعْرَابِيُّ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَقِلْنِي بَيْعَتِي . فَأَبَى ثُمَّ جَاءَهُ فَقَالَ أَقِلْنِي بَيْعَتِي . فَأَبَى فَخَرَجَ الأَعْرَابِيُّ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّمَا الْمَدِينَةُ كَالْكِيرِ تَنْفِي خَبَثَهَا وَتَنْصَعُ طَيِّبَهَا " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Bir aʼrobiy Rasululloh ﷺga Islom shartiga baytga berdi, soʻng aʼrobiyni Madinada isitma tutdi. Shunda aʼrobiy Rasululloh ﷺ huzurlariga kelib: ‹Yo Rasululloh, baytimni bekor qiling›, dedi. U zot koʻnmadilar. Soʻng yana kelib: ‹Baytimni bekor qiling›, dedi. U zot yana koʻnmadilar. Keyin aʼrobiy (Madinadan) chiqib ketdi. Shunda Rasululloh ﷺ: ‹Madina xuddi bosqonga oʻxshaydi: u oʻz chiqindisini chiqarib tashlaydi va yaxshisini toza qiladi›, dedilar.»