أَخْبَرَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ أَنْبَأَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ مَهْدِيٍّ، قَالَ حَدَّثَنَا مُعَاوِيَةُ بْنُ صَالِحٍ، قَالَ سَمِعْتُ سَعِيدَ بْنَ هَانِئٍ، يَقُولُ سَمِعْتُ عِرْبَاضَ بْنَ سَارِيَةَ، يَقُولُ بِعْتُ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بَكْرًا فَأَتَيْتُهُ أَتَقَاضَاهُ فَقَالَ " أَجَلْ لاَ أَقْضِيكَهَا إِلاَّ نَجِيبَةً " . فَقَضَانِي فَأَحْسَنَ قَضَائِي وَجَاءَهُ أَعْرَابِيٌّ يَتَقَاضَاهُ سِنَّهُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَعْطُوهُ سِنًّا " . فَأَعْطَوْهُ يَوْمَئِذٍ جَمَلاً فَقَالَ هَذَا خَيْرٌ مِنْ سِنِّي . فَقَالَ " خَيْرُكُمْ خَيْرُكُمْ قَضَاءً " .
Irbod ibn Soriya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺga bir yosh tuya sotdim, soʻng haqimni talab qilib keldim. U zot: «Ha, men senga faqat sara, olijanob tuya bilan toʻlayman», dedilar. Soʻng menga toʻladilar va chiroyli ado etdilar. Yana bir aʼrobiy maʼlum yoshdagi tuyasini talab qilib keldi. Rasululloh ﷺ: «Unga maʼlum yoshdagi tuya bering», dedilar. Oʻsha kuni ular unga katta tuya berishdi. U: «Bu mening tuyamdan yaxshiroq ekan», dedi. U zot: «Sizlarning eng yaxshingiz qarzni eng chiroyli ado etuvchingizdir», dedilar.