أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم اصْطَنَعَ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ وَكَانَ يَلْبَسُهُ فَجَعَلَ فَصَّهُ فِي بَاطِنِ كَفِّهِ فَصَنَعَ النَّاسُ ثُمَّ إِنَّهُ جَلَسَ عَلَى الْمِنْبَرِ فَنَزَعَهُ وَقَالَ " إِنِّي كُنْتُ أَلْبَسُ هَذَا الْخَاتَمَ وَأَجْعَلُ فَصَّهُ مِنْ دَاخِلٍ " . فَرَمَى بِهِ ثُمَّ قَالَ " وَاللَّهِ لاَ أَلْبَسُهُ أَبَدًا " . فَنَبَذَ النَّاسُ خَوَاتِيمَهُمْ .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oltindan uzuk yasattirib, uni taqib yurar edilar, uning koʻzini kaftlarining ichki tomoniga qaratib qoʻyar edilar. Odamlar ham shunday qilishdi. Soʻng u zot minbarga oʻtirib, uni yechdilar-da: «Men bu uzukni taqib yurardim va koʻzini ichkariga qaratib qoʻyardim», dedilar. Keyin uni uloqtirib tashladilar-da: «Alloh nomiga qasamki, endi buni hech qachon taqmayman», dedilar. Bas, odamlar ham oʻz uzuklarini tashlab yuborishdi.