أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سُلَيْمَانَ، قِرَاءَةً عَنْ إِبْرَاهِيمَ بْنِ سَعْدٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّهُ رَأَى فِي يَدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم خَاتَمًا مِنْ وَرِقٍ يَوْمًا وَاحِدًا فَصَنَعُوهُ فَلَبِسُوهُ فَطَرَحَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم وَطَرَحَ النَّاسُ .
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Rasululloh ﷺning qoʻllarida bir kun kumushdan uzuk koʻrdi. Odamlar ham shunday uzuk yasattirib, taqib olishdi. Shunda Paygʻambar ﷺ oʻz uzuklarini tashlab yubordilar, odamlar ham tashlab yuborishdi.