أَخْبَرَنَا مُجَاهِدُ بْنُ مُوسَى، عَنْ هُشَيْمٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ رَجُلاً، سَأَلَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم إِنَّ أَبِي أَدْرَكَهُ الْحَجُّ وَهُوَ شَيْخٌ كَبِيرٌ لاَ يَثْبُتُ عَلَى رَاحِلَتِهِ فَإِنْ شَدَدْتُهُ خَشِيتُ أَنْ يَمُوتَ أَفَأَحُجُّ عَنْهُ قَالَ " أَفَرَأَيْتَ لَوْ كَانَ عَلَيْهِ دَيْنٌ فَقَضَيْتَهُ أَكَانَ مُجْزِئًا ". قَالَ نَعَمْ. قَالَ " فَحُجَّ عَنْ أَبِيكَ ".
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Paygʻambar ﷺdan soʻrab: «Otamga haj farz boʻldi, u esa keksayib qolgan, ulovda mahkam oʻtira olmaydi. Agar uni bogʻlab qoʻysam, oʻlib qolishidan qoʻrqaman. Uning oʻrniga haj qilaveraymi?» dedi. U zot: «Aytgin-chi, agar uning zimmasida qarz boʻlsa-yu, uni sen toʻlab qoʻysang, bu kifoya qilarmidi?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Bas, otangning oʻrniga haj qilgin», dedilar.