أَخْبَرَنَا أَحْمَدُ بْنُ سُلَيْمَانَ، قَالَ حَدَّثَنَا يَزِيدُ، قَالَ حَدَّثَنَا هِشَامٌ، عَنْ مُحَمَّدٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ، عَنِ الْفَضْلِ بْنِ الْعَبَّاسِ، أَنَّهُ كَانَ رَدِيفَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَجَاءَهُ رَجُلٌ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ أُمِّي عَجُوزٌ كَبِيرَةٌ إِنْ حَمَلْتُهَا لَمْ تَسْتَمْسِكْ وَإِنْ رَبَطْتُهَا خَشِيتُ أَنْ أَقْتُلَهَا. فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَرَأَيْتَ لَوْ كَانَ عَلَى أُمِّكَ دَيْنٌ أَكُنْتَ قَاضِيَهُ ". قَالَ نَعَمْ. قَالَ " فَحُجَّ عَنْ أُمِّكَ ".
Fazl ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u Paygʻambar ﷺning ortlarida ulovda oʻtirgan edi. Bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, onam keksayib qolgan kampir. Agar uni ulovga mindirsam, mahkam oʻtira olmaydi, bogʻlab qoʻysam esa uni oʻldirib qoʻyishimdan qoʻrqaman», dedi. Rasululloh ﷺ: «Aytgin-chi, agar onangning zimmasida qarz boʻlsa, uni toʻlab qoʻyarmiding?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Bas, onangning oʻrniga haj qilgin», dedilar.