أَخْبَرَنَا سُوَيْدٌ، قَالَ أَنْبَأَنَا عَبْدُ اللَّهِ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، قِرَاءَةً أَخْبَرَنِي عَطَاءٌ، قَالَ سَمِعْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ، يَقُولُ وَاللَّهِ مَا تُحِلُّ النَّارُ شَيْئًا وَلاَ تُحَرِّمُهُ . قَالَ ثُمَّ فَسَّرَ لِي قَوْلَهُ لاَ تُحِلُّ شَيْئًا لِقَوْلِهِمْ فِي الطِّلاَءِ وَلاَ تُحَرِّمُهُ .
Atoʻ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: U kishi aytadilar: Men Ibn Abbosning: «Allohga qasamki, olov biror narsani halol ham, harom ham qilmaydi», deganini eshitdim. Soʻng u kishi menga ‹biror narsani halol qilmaydi› degan soʻzini qaynatilgan uzum sharbati haqida aytilgan gaplarga nisbatan izohlab berdilar.