أَخْبَرَنَا عِمْرَانُ بْنُ مُوسَى، قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَارِثِ، قَالَ حَدَّثَنَا دَاوُدُ، عَنْ أَبِي نَضْرَةَ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، قَالَ صَلَّى بِنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلاَةَ الْمَغْرِبِ ثُمَّ لَمْ يَخْرُجْ إِلَيْنَا حَتَّى ذَهَبَ شَطْرُ اللَّيْلِ فَخَرَجَ فَصَلَّى بِهِمْ ثُمَّ قَالَ " إِنَّ النَّاسَ قَدْ صَلُّوا وَنَامُوا وَأَنْتُمْ لَمْ تَزَالُوا فِي صَلاَةٍ مَا انْتَظَرْتُمُ الصَّلاَةَ وَلَوْلاَ ضَعْفُ الضَّعِيفِ وَسُقْمُ السَّقِيمِ لأَمَرْتُ بِهَذِهِ الصَّلاَةِ أَنْ تُؤَخَّرَ إِلَى شَطْرِ اللَّيْلِ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ bizga shom namozini oʻqib berdilar, soʻng kechaning yarmi oʻtguncha oldimizga chiqmadilar. Keyin chiqib ularga namoz oʻqib berdilar-da: ‹Odamlar namoz oʻqib, uxlab boʻldilar. Sizlar esa namozni kutib turgan ekansiz, hamon namozdasiz. Agar zaifning zaifligi va kasalning kasalligi boʻlmaganida, bu namozni kechaning yarmigacha keyinga surishga buyurardim›, dedilar.»