- وعن أبى اليقظان عمار بن ياسر رضي الله عنهما قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "إن طول صلاة الرجل، وقصر خطبته، مئنة من فقهه، فأطيلوا الصلاة، وأقصروا الخطبة" ((رواه مسلم)).
Ammor ibn Yosir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: u bizga xutba qildi, qisqa hamda taʼsirli qildi. U (minbardan) tushganida, biz: «Ey Abul-Yaqzon! Taʼsirli va qisqa qilding, qaniydi sen biroz choʻzganingda», dedik. Shunda u: «Men Rasululloh ﷺ ning shunday deyotganlarini eshitdim: ‹Kishining namozi uzun, xutbasi qisqa boʻlishi uning fiqhidan (din anglashidan) bir alomatdir. Bas, namozni uzun qilinglar, xutbani qisqa qilinglar, albatta, bayonda (notiqlikda) sehr bordir›», dedi.