- وعن العرباض بن سارية رضي الله عنه قال: وعظنا رسول الله موعظة وجلت منها القلوب، وذرفت منها العيون وذكر الحديث وقد سبق بكماله في باب الأمر بالمحافظة على السنة، وذكرنا أن الترمذي قال: ((إنه حديث حسن صحيح)).
Irbod ibn Soriya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bizga shunday vaʼz qildilarki, undan qalblar titradi, koʻzlar yosh toʻkdi. Bir kishi: «Ey Allohning Paygʻambari, bu goʻyo xayrlashuv vaʼziga oʻxshaydi, bizga nasihat qiling», dedi. U zot ﷺ: «Sizlarni Allohdan qoʻrqishga, boshingizga habash qul amir qilib tayinlangan boʻlsa ham, (unga) quloq solib itoat etishga chaqiraman. Mendan keyin yashaganlaringiz koʻp ixtiloflarni koʻradi. Bas, mening sunnatimga va hidoyat topgan roshid xalifalarning sunnatiga mahkam yopishing, ularni tishlaringiz bilan qattiq tishlab oling. (Dinda) yangi paydo qilingan ishlardan saqlaning, chunki har bir bidʼat zalolatdir», dedilar.