- فمنها حديث زيد بن أرقم رضي الله عنه -الذي سبق في باب إكرام أهل بيت رسول الله صلى الله عليه وسلم -قال: قام رسول الله صلى الله عليه وسلم فينا خطيباً، فحمد الله، وأثنى عليه، ووعظ وذكر، ثم قال: “أما بعد”ألا أيها الناس إنما أنا بشر يوشك أن يأتي رسول الله ربي فأجيب، وأنا تارك فيكم ثقلين :" أولهما: كتاب الله، فيه الهدى والنور، فخذو بكتاب الله، واستمسكوا به” فحث على كتاب الله، ورغب فيه، ثم قال: “وأهل بيتي، أذكركم الله في أهل بيتي" ((رواه مسلم)) وقد سبق بطوله.
Zayd ibn Arqam (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Yazid ibn Hayyon aytdi: Men, Husayn ibn Sabra va Umar ibn Muslim Zayd ibn Arqamning oldiga bordik. Uning huzurida oʻtirganimizda, Husayn unga: «Ey Zayd, sen koʻp yaxshilikka erishding: Rasululloh ﷺ ni koʻrding, U zotning hadisini eshitding, U zot bilan birga gʻazot qilding va U zotning ortida namoz oʻqiding. Ey Zayd, haqiqatan koʻp yaxshilikka erishding. Ey Zayd, Rasululloh ﷺ dan nima eshitgan boʻlsang, bizga hadis ayt», dedi. (Zayd) dedi: «Ey jiyan, Allohga qasamki, yoshim ulgaydi, zamonim (uzoqlashib) oʻtdi va Rasululloh ﷺ dan yod olgan baʼzi narsalarni unutdim. Bas, men sizlarga nima hadis aytsam, qabul qilinglar, nimani (aytmasam) — meni unga majbur qilmanglar». Soʻng (Zayd) dedi: Bir kuni Rasululloh ﷺ Makka bilan Madina orasidagi Xum deb ataladigan suv (boʻyida) bizning oramizda xutba oʻqib (turib) qoddilar. U zot Allohga hamd va sano aytdilar, vaʼz qildilar va eslatdilar, soʻng: «Ammo baʼdu: ey odamlar, men ham bir basharman. Mening Robbimning elchisi (ajal farishtasi) tez orada kelishi yaqin, men esa (unga) ijobat qilaman. Men sizlarda ikki ogʻir (qimmatli) narsani qoldirmoqdaman: ularning birinchisi — Allohning Kitobidir, unda hidoyat va nur bordir. Bas, Allohning Kitobidan tutinglar va unga mahkam yopishinglar», dedilar. Soʻng U zot Allohning Kitobiga ragʻbatlantirdilar va unga targʻib qildilar. Soʻng: «Va ahli baytim! Ahli baytim haqida sizlarga Allohni eslataman, ahli baytim haqida sizlarga Allohni eslataman, ahli baytim haqida sizlarga Allohni eslataman», dedilar. Shunda Husayn unga: «Ey Zayd, U zotning ahli bayti kim? Ayollari ahli baytidan emasmi?» dedi. (Zayd) dedi: «Ayollari ahli baytidandir, lekin ahli bayti — U zotdan keyin sadaqa (qabul qilish) harom etilgan kishilardir». (Husayn) dedi: «Ular kim?» (Zayd) dedi: «Ular Ali oilasi, Aqil oilasi, Jaʼfar oilasi va Abbos oilasidir». (Husayn) dedi: «Ularning hammasiga sadaqa harom etilganmi?» (Zayd) dedi: «Ha».