- وعن أبي سليمان مالك بن الحويرث رضي الله عنه قال: أتينا رسول الله صلى الله عليه وسلم ونحن شببه متقاربون، فأقمنا عنده عشرين ليلة، وكان رسول الله صلى الله عليه وسلم رحيماً رفيقاً، فظن أنّا قد اشتقنا أهلنا، فسألنا عمن تركنا من أهلنا، فأخبرناه، فقال: “ارجعوا إلى أهليكم، فأقيموا فيهم، وعلموهم ومروهم ، وصلو صلاة كذا في حين كذا، وصلوا كذا في حين كذا، فإذا حضرت الصلاة فليؤذن لكم أحدكم، وليؤمكم أكبركم” ((متفق عليه)) . ((زاد البخاري في رواية له: " وصلوا كما رأيتموني أصلي"))
Molik ibn al-Huvayris (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh ﷺ huzurlariga keldik, yoshlari bir-biriga yaqin yigitlar edik. U zotning oldilarida yigirma kecha turdik. Rasululloh ﷺ rahmdil va mehribon zot edilar. U zot bizni oilalarimizni sogʻinib qoldik deb oʻyladilar-da, ortda qoldirgan oilalarimiz haqida soʻradilar. Biz u zotga xabar berdik. Shunda u zot: ‹Oilalaringiz oldiga qaytinglar, ular bilan turinglar, ularga oʻrgatinglar va buyuringlar. Namoz vaqti kirsa, biringiz sizlarga azon aytsin, kattangiz sizlarga imom boʻlsin›, dedilar.»