- وعن عثمان رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "رباط يوم في سبيل الله خير من ألف يوم فيما سواه من المنازل" ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن صحيح)).
Usmonning ozod qilgan quli Abu Solih (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Usmon (roziyallohu anhu) minbarda turib shunday deganini eshitdim: «Men sizlarning mendan tarqab ketishingizni xush koʻrmaganim uchun Rasululloh ﷺdan eshitgan bir hadisni sizlardan yashirgan edim. Soʻng kishi oʻzi uchun koʻrgan narsani ixtiyor qilsin deb, uni sizlarga aytib berishni maʼqul koʻrdim. Rasululloh ﷺning: ‹Alloh yoʻlida bir kun (ribot) chegara qoʻriqlash boshqa manzillarda turilgan ming kundan yaxshiroqdir› — deganlarini eshitdim». Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahih gʻaribdir. Muhammad ibn Ismoil (al-Buxoriy) aytdi: Usmonning ozod qilgan quli Abu Solihning ismi Turkondir.