- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "تضمن الله لمن خرج في سبيله لا يخرجه إلا جهاد في سبيلي، وإيمان بي وتصديق برسلي فهو علي ضامن أن أدخله الجنة، أو أرجعه إلى منزله الذي خرج منه بما نال من أجر، أو غنيمة، والذي نفس محمد بيده ما من كلم يكلم في سبيل الله إلا جاء يوم القيامة كهيئته يوم كلم، لونه لون دم، وريحه ريح مسك، والذي نفس محمد بيده لولا أن يشق على المسلمين ما قعدت خلاف سرية تغزو في سبيل الله أبدا، ولكن لا أجد سعة فأحملهم ولا يجدون سعة عليهم أن يتخلفوا عني، والذي نفس محمد بيده لوددت أن أغزو في سبيل الله فأقتل، ثم أغزو فأقتل ثم أغزو فأقتل" ((رواه مسلم وروى البخاري بعضه)). (("الكلم" الجرح.))
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Alloh Oʻz yoʻlida — uni faqat Mening yoʻlimda jihod qilish, Menga iymon keltirish va paygʻambarlarimni tasdiqlash chiqargan kishini (mukofotlashga) zomin boʻldi: Men uni jannatga kiritishni, yoki olgan ajru gʻanimati bilan birga oʻzi chiqqan maskaniga qaytarishni zimmamga oldim. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, Alloh yoʻlida jarohat olgan har bir kishi qiyomat kuni jarohatlangan paytidagi holatida keladi: rangi qon rangi, hidi esa mushk hididir. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, agar musulmonlarga ogʻir kelmaganida, Alloh yoʻlida jang qilish uchun chiqayotgan birorta sariyyaning (qoʻshinning) ortida hech qachon qoʻnib qolmas edim. Lekin Men ularni mingdiradigan (ulov) imkonini topa olmayman, ular ham (uning) imkonini topa olmaydilar, Mendan ortda qolish esa ularga ogʻir keladi. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, Men Alloh yoʻlida jang qilib oʻldirilishni, soʻng yana jang qilib oʻldirilishni, soʻng yana jang qilib oʻldirilishni juda istardim», — dedilar.