- وعن أبي أمامة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "أفضل الصدقات ظل فسطاط في سبيل الله، ومنيحة خادم في سبيل الله، أو طروقة فحل في سبيل الله" ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن صحيح)).
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sadaqalarning afzali — Alloh yoʻlidagi chodir soyasi, Alloh yoʻlida xizmatkorni (vaqtincha foydalanishga) berish, yoki Alloh yoʻlida (urugʻlantirish uchun) erkak tuyani (berish)dir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahih gʻaribdir, va u mening nazdimda Muoviya ibn Solih hadisidan sahihroqdir.