- وعن أنس رضي الله عنه أن فتى من أسلم قال: يا رسول الله إني أريد الغزو وليس معي ما أتجهز به، قال: "ائت فلانًا، قد كان تجهز فمرض فأتاه فقال: إن رسول الله صلى الله عليه وسلم يقرئك السلام ويقول: أعطني الذي تجهزت به قال: يا فلانة أعطيه، الذي كنت تجهزت به ولاتحبسي منه شيئًا فوالله لا تحبسي منه شيئًا فيبارك لك فيه ((رواه مسلم)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Aslam qabilasidan bir yigit: «Ey Allohning Rasuli, men gʻazotga chiqmoqchiman, lekin jang uchun tayyorlanadigan narsam yoʻq», dedi. U zot: «Falonchining oldiga bor, u (jangga) tayyorlangan edi, ammo kasal boʻlib qoldi», dedilar. (Yigit) uning oldiga borib: «Rasululloh ﷺ senga salom aytib, ‹oʻzing tayyorlagan (jang jihozini) menga ber›, dedilar», dedi. U (kishi) ayoliga: «Ey falonchi, oʻzim uchun tayyorlagan narsani unga ber, undan hech narsani ushlab qolma. Allohga qasamki, undan hech narsani ushlab qolma, (shunda) u sen uchun barakali boʻladi», dedi.