- وعن أبي قتادة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قام فيهم فذكر أن الجهاد في سبيل الله والإيمان بالله أفضل الأعمال فقام رجل فقال يا رسول الله أرأيت إن قتلت في سبيل الله أتكفر عني خطاياي؟ فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "نعم إن قتلت في سبيل الله وأنت صابر محتسب مقبل غير مدبر" ثم قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "كيف قلت؟" قال: أرأيت إن قتلت في سبيل الله أتكفر عني خطاياي؟ فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم "نعم وأنت صابر محتسب مقبل غير مدبر إلا الدين فإن جبريل عليه السلام قال لي ذلك" ((رواه مسلم)).
Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U zot ular (sahobalar) orasida turib, ularga: «Alloh yoʻlida jihod (qilish) va Allohga iymon keltirish amallarning eng afzalidir», — deb zikr qildilar. Shunda bir kishi turib: «Yo Rasululloh, agar Alloh yoʻlida oʻldirilsam, xatolarim mendan kechiriladimi?» — dedi. Rasululloh ﷺ unga: «Ha, agar Alloh yoʻlida sabrli, (ajrini Allohdan) umidvor holda, (dushmanga) yuzlanib, (jangdan) qochmay turib oʻldirilsang», — dedilar. Soʻng Rasululloh ﷺ: «Qanday deding?» — dedilar. (U kishi): «Agar Alloh yoʻlida oʻldirilsam, xatolarim mendan kechiriladimi?» — dedi. Rasululloh ﷺ: «Ha, sabrli, (ajrini Allohdan) umidvor holda, (dushmanga) yuzlanib, (jangdan) qochmay turib (oʻldirilsang, hamma gunohing kechiriladi), faqat qarz bundan mustasno — chunki Jibril alayhissalom menga shuni aytdi», — dedilar.