- وعن جابر رضي الله عنه قال: قال رجل: أين أنا يا رسول الله إن قتلت؟ قال: “في الجنة" فألقى تمرات كن في يده ثم قاتل حتى قتل" ((رواه مسلم)).
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi: «Yo Rasululloh, agar oʻldirilsam, qayerda boʻlaman?» dedi. U zot: «Jannatda», dedilar. Shunda u qoʻlidagi bir necha dona xurmoni tashladi-da, jang qilib, shahid boʻlguncha kurashdi.