- وعن أنس رضي الله عنه قال انطلق رسول الله صلى الله عليه وسلم وأصحابه حتى سبقوا المشركين إلى بدر وجاء المشركون، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "لا يقدمن أحد منكم إلى شيء حتى أكون أنا دونه" فدنا المشركون، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "قوموا إلى جنة عرضها السماوات والأرض" قال: يقول عمير بن الحمام الأنصاري رضي الله عنه: يا رسول الله جنة عرضها السماوات والأرض؟ قال: "نعم" قال: بخ بخ! فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: “ما يحملك على قولك بخ بخ" قال فإنك من أهلها فأخرج تمرات من قرنه فجعل يأكل منهن، ثم قال لئن أنا حييت حتى آكل تمراتي هذه إنها لحياة طويلة! فرمى بما كان معه من التمر، ثم قاتلهم حتى قتل" ((رواه مسلم)). (4)
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ va sahobalari yoʻlga chiqib, mushriklardan oldin Badrga yetib bordilar, mushriklar ham keldi. Rasululloh ﷺ: «Men undan oldinda boʻlmagunimcha, sizlardan hech kim hech narsaga oldinlamasin», dedilar. Mushriklar yaqinlashgach, Rasululloh ﷺ: «Kengligi osmonlar va yerdek boʻlgan jannat sari turinglar!» dedilar. Umayr ibn Humom al-Ansoriy (roziyallohu anhu): «Yo Rasululloh, kengligi osmonlar va yerdek jannatmi?» dedi. U zot: «Ha», dedilar. U: «Bax-bax!» dedi. Rasululloh ﷺ: «Bax-bax deyishingga nima sabab boʻldi?» dedilar. U zot: «Albatta, sen uning ahlidansan», dedilar. Shunda u sadogʻidan bir necha dona xurmo chiqarib, ulardan yeya boshladi, soʻng: «Agar shu xurmolarimni yeb boʻlgunimcha tirik qolsam, bu haqiqatan uzoq umr boʻlur!» dedi-da, qoʻlidagi xurmolarni tashlab, ular bilan jang qilib, shahid boʻlguncha kurashdi.