- وعنه، رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "إن الله يدخل بالسهم الواحد ثلاثة نفر الجنة: صانعه يحتسب في صنعته الخير، والرامي به ومنبله. وارموا واركبوا، وأن ترموا أحب إلي من أن تركبوا. ومن ترك الرمي بعد ما علمه رغبة عنه فإنها نعمة تركها" أو قال: "كفرها" ((رواه أبو داود)).
Uqba ibn Omir (roziyallohu anhu) shunday dedi: Men Rasululloh ﷺning bunday deganlarini eshitdim: «Albatta, Alloh azza va jalla bitta oʻq sababli uch kishini jannatga kiritadi: uni yasashda yaxshilikni niyat qilgan yasovchisini, uni otuvchini va uni uzatib turuvchisini. (Oʻq) otinglar va (otga) mininglar; oʻq otishingiz men uchun mining (uloving)izdan koʻra suyukliroqdir. (Foydasiz) oʻyin-kulgudan faqat uch narsa (bundan mustasno)dir: kishining otini (jangga) oʻrgatishi, ahli (xotini) bilan oʻ ynashishi va yoyu oʻqi bilan otishi. Kim oʻq otishni oʻrganganidan keyin undan voz kechib, uni tark etsa, u albatta oʻzi tark etgan bir neʼmatdir». Yoki u zot: «Uning shukrini ado etmagandir», dedilar.