- وعن سلمه بن الأكوع، رضي الله عنه قال: مر النبي صلى الله عليه وسلم على نفر ينتضلون، فقال: "ارموا بني إسماعيل فإن أباكم كان راميًا" ((رواه البخاري)).
Salama ibn Akvaʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ Bani Aslam qabilasidan — oʻq otishni mashq qilayotgan — baʼzi odamlarning yonidan oʻtdi. Paygʻambar ﷺ: «Ey Ismoil (avlodlari)! Oʻq otishni mashq qilinglar — chunki otangiz Ismoil (alayhissalom) ajoyib kamonchi edi. Oʻq otishni davom ettiringlar; men falon (qabila) bilan birgaman», — dedi. Shunda (ikki) tarafdan biri otishni toʻxtatdi. Allohning Rasuli ﷺ: «Nega otmayapsizlar?» — dedi. Ular: «Siz ular bilan (yaʼni ularning tarafida) ekansiz, biz qanday otaylik?» — dedi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Otinglar — men hammangiz bilan birgaman», — dedi.