- وعن أبي ذر رضي الله عنه قال: قلت يا رسول الله أي الأعمال أفضل؟ قال: "الإيمان بالله، والجهاد في سبيل الله" قلت: أي الرقاب أفضل؟ قال: "أنفسها عند أهلها وأكثرها ثمنًا” ((متفق عليه))
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men: «Ey Allohning Rasuli, amallarning qaysi biri afzal?» dedim. (Paygʻambar): «Allohga iymon keltirish va Uning yoʻlida jihod qilish», dedilar. (Abu Zarr) dedi: Men: «Qaysi qulni (ozod qilish) afzal?» dedim. (Paygʻambar): «Egalari nazdida eng qadrlisi va bahosi eng qimmati», dedilar. (Abu Zarr) dedi: Men: «Agar (buni) qila olmasam-chi?» dedim. (Paygʻambar): «Bir hunarmandga yordam berasan yoki bir uquvsiz (noshud)ga (biror narsa) ishlab berasan», dedilar. (Abu Zarr) dedi: Men: «Ey Allohning Rasuli, ayting-chi, agar baʼzi amallarni (qilishga) ojizlik qilsam-chi?» dedim. (Paygʻambar): «Yomonligingni odamlardan toʻxtatasan (ularga zarar bermaysan); chunki bu sening oʻzing uchun, oʻz nafsingga bergan sadaqangdir», dedilar.