- وعن المعرور بن سويد قال: رأيت أبا ذر رضي الله عنه وعليه حلة وعلى غلامه مثلها، فسألته عن ذلك فذكر أنه ساب رجلا على عهد رسول الله صلى الله عليه وسلم فعيره بأمه فقال النبي صلى الله عليه وسلم : "إنك امرؤ فيك جاهلية" : هم إخوانكم، وخولكم جعلهم الله تحت أيديكم فمن كان أخوه تحت يده فليطعمه مما يأكل ويلبسه مما يلبس ولا تكلفوهم ما يغلبهم، فإن كلفتموهم فأعينوهم” ((متفق عليه))
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: men Abu Zarni koʻrdim, uning ustida bir sarpo (hulla), gʻulomining ustida ham unga oʻxshashi bor edi. Men undan bu haqda soʻradim. U zikr qildiki, Rasululloh ﷺ zamonida u bir kishi bilan soʻkishib, uni onasi bilan ayblab, taʼna qilgan ekan. (Rovi) dedi: oʻsha kishi Nabiy ﷺ ning oldiga kelib, buni u zotga aytdi. Shunda Nabiy ﷺ: «Sen shunday kishisanki, senda hali johiliyat (qoldigʻi) bor. Ular birodarlaringiz va xizmatkorlaringizdir, Alloh ularni sizlarning qoʻllaringiz ostiga (xizmatingizga) qoʻygan. Bas, kimning birodari uning qoʻli ostida boʻlsa, oʻzi yeydigan narsadan unga ham yedirsin, oʻzi kiyadigan narsadan unga ham kiydirsin va ularga qurbi yetmaydigan ishni yuklamanglar. Agar yuklasalaringiz, u ishda ularga yordamlashinglar», — dedilar.