- وعن أوس بن أوس، رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إن من أفضل أيامكم يوم الجمعة، فأكثروا على من الصلاة فيه، فإن صلاتكم معروضة علي" فقالوا: يا رسول الله، كيف تعرض صلاتنا عليك وقد أرمت؟ قال: يقول: بلىت، قال: "إن الله عز وجل حرم على الأرض أجساد الأنبياء" رواه أبو داود بإسناد صحيح.
Avs ibn Avs (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Albatta, kunlaringizning eng afzali juma kunidir. Bas, oʻsha kuni menga koʻp salovot aytinglar, chunki sizlarning salovotlaringiz menga taqdim etiladi», dedilar. Shunda ular (sahobalar): «Ey Rasululloh, jasadingiz chirib ketgan boʻlsa, salovotimiz sizga qanday taqdim etiladi?» — dedilar. (Roviy aytadi: ular ‹chirib ketgan boʻlsangiz› deyishni nazarda tutmoqdalar.) U zot ﷺ: «Albatta, Alloh taborak va taolo yerga paygʻambarlarning jasadlarini (yeyishni) harom qildi», dedilar.